Asoschisi va bosh direktor (CEO)
Mahsulot yo‘nalishi va mijozlar bilan ishlash uchun javobgar. Restoran egalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri fikr yig‘adi va Fikr nimani hal qilishi kerakligini shu asosda belgilaydi.
Fikr — O‘zbekistondagi restoran, kafe va choyxonalar uchun qurilgan kichik mahsulot. Maqsadi bitta: mijoz ketmasdan oldin uning fikrini bilish.
Restoran egalari bilan gaplashganda bir xil gap takrorlandi: yomon sharhni internetdan o‘qiguncha, mijoz allaqachon ketgan bo‘ladi. Shikoyat qilgan mijoz emas, indamay ketgan mijoz eng ko‘p zarar keltiradi.
Shuning uchun biz murakkab tizim emas, 10 soniyalik so‘rovnoma qurdik. Mijozga ilova kerak emas: stoldagi QR kodni skanerlaydi, bir nechta savolga javob beradi. Past baho kelsa, menejerning Telegram’iga darhol xabar boradi va vaziyat o‘sha yerning o‘zida tuzatiladi.
Biz Xorazmdagi haqiqiy restoranlar bilan boshladik va hozir ham har bir yangi imkoniyat shu yerdagi ehtiyojdan kelib chiqadi.
Xodim o‘rganishi uchun qo‘llanma kerak bo‘lsa, biz noto‘g‘ri qurganmiz. O‘rnatishni o‘zimiz qilamiz, 30 daqiqada tushuntiramiz.
Har bir biznes ma’lumoti alohida saqlanadi. Telefon raqamlar yashirin, kim ochganini yozib boramiz, reklama uchun hech kimga bermaymiz.
Saytda o‘ylab topilgan mijoz soni yoki sharh yo‘q. Raqam bo‘lsa — u haqiqiy, taxmin bo‘lsa — shunday deb yozamiz.
7 kun bepul. Yoqmasa, hech narsa to‘lamaysiz va biz sizni ko‘ndirishga urinmaymiz.
Kichik jamoa: mahsulot va texnik tomon ikki kishi zimmasida, shuning uchun qaror tez qabul qilinadi.
Bevosita bog‘lanish uchun quyidagi kanallardan foydalaning — ariza navbatida turmaydi.
Fikr hozir quyidagi joylarda ishlayapti. Sharh va raqamlarni ularning roziligi bo‘lmaguncha e’lon qilmaymiz.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling. Odatda bir necha soat ichida javob beramiz.