Foydalanish shartlari
Fikr xizmatidan foydalanganda amal qiladigan shartlar. Xizmatdan foydalanishni boshlash shu shartlarga rozilik hisoblanadi.
Oxirgi tahrir: 5-oktabr, 20261. Tomonlar
Xizmatni Inteullpo Holding (keyingi o‘rinlarda “biz”) ooou.uz domenida ko‘rsatadi. Xizmatdan foydalanadigan biznes keyingi o‘rinlarda “mijoz” deb yuritiladi. QR kodni skanerlab baho beradigan shaxs “mehmon” deb yuritiladi.
2. Xizmat nimadan iborat
Xizmat tarkibi va cheklovlari (stol soni, QR kod soni, tarix muddati, ruxsat darajasi) mijoz tanlagan tarif bilan belgilanadi.
- Mehmon stol, chek yoki eshikdagi QR kodni skanerlab to‘ldiradigan so‘rovnoma.
- Past baho kelganda mijoz tanlagan Telegram guruh yoki odamga xabarnoma.
- Baholar statistikasi ko‘rinadigan boshqaruv paneli.
- Tarifga kiritilgan bo‘lsa — cashback karta hisobini yuritish.
3. Pulni qaytarish kafolati
Agar xizmat sizga yoqmasa, birinchi to‘lovdan keyin 2 kun (48 soat) ichida Telegram yoki telefon orqali xabar bering — to‘langan summa to‘liq qaytariladi, sabab so‘ralmaydi.
Pul 5 bank kuni ichida to‘lov qilingan hisob raqamga qaytariladi. Kafolat har bir biznes uchun bir marta, birinchi to‘lovga amal qiladi.
4. Tarif va to‘lov
Tariflar va narxlar ooou.uz saytida e’lon qilinadi: GO — 79 000, PRO — 149 000, PLUS — 199 000 so‘m/oy. Bir yilga oldindan to‘lansa, 5% chegirma beriladi. Alohida kelishuv bo‘lsa, shartnomadagi narx amal qiladi.
Tarifni o‘zgartirish yoki xizmatni to‘xtatish uchun bizga oldindan xabar berish kifoya. To‘xtatilgandan so‘ng panelga kirish yopiladi.
5. Mijozning majburiyatlari
- QR kodlarni mehmonlar ko‘radigan joyga qo‘yish va xodimlarni xizmatdan foydalanishga o‘rgatish.
- Panelga kirish huquqini faqat ishonchli xodimlarga berish va kirish ma’lumotlarini boshqalarga oshkor qilmaslik.
- Mehmonlar ma’lumotini faqat xizmat ko‘rsatish va cashback maqsadida ishlatish, reklama uchun ruxsatsiz ishlatmaslik.
- Mehmon fikriga javoban mehmonga tazyiq o‘tkazmaslik.
6. Cashback
Cashback’ni mijozning o‘zi beradi: foizini, qoidalarini va amal qilish muddatini mijoz belgilaydi. Biz faqat balans hisobini yuritamiz va mehmonga ko‘rsatamiz.
Cashback’ni mehmonga berish yoki bermaslik bo‘yicha javobgarlik to‘liq mijozda. Biz cashback summasini to‘lamaymiz va uning uchun kafillik bermaymiz.
7. Ruxsat etilmagan foydalanish
Bu shartlar buzilsa, xizmatni ogohlantirmasdan to‘xtatish huquqini saqlab qolamiz.
- Soxta baho yoki izoh kiritish, statistikani sun’iy o‘zgartirish.
- Boshqa biznesning ma’lumotiga kirishga urinish yoki tizimni buzish.
- Xizmatni qayta sotish yoki o‘z nomidan ko‘rsatish, bizning yozma ruxsatimizsiz.
- Qonunga xilof, haqoratli yoki spam mazmunni tarqatish uchun xizmatdan foydalanish.
8. Xizmatning mavjudligi
Xizmatni uzluksiz ishlashiga harakat qilamiz, lekin 100% uzluksizlikni kafolatlamaymiz. Rejalashtirilgan texnik ishlar haqida oldindan xabar beramiz.
Telegram xabarnomalari Telegram xizmatiga bog‘liq. Telegram tomonidagi uzilish yoki kechikish uchun javobgar emasmiz.
9. Javobgarlik cheklovi
Xizmat “qanday bo‘lsa shunday” holatda ko‘rsatiladi. Biz mehmonlar sonini, baholar o‘sishini yoki daromad ortishini kafolatlamaymiz.
Bilvosita zarar, yo‘qotilgan foyda yoki uchinchi tomon xizmatlaridagi uzilish uchun javobgar emasmiz. Javobgarligimiz oxirgi 3 oy uchun to‘langan summa bilan cheklanadi.
10. Ma’lumot kimga tegishli va uni qanday olish mumkin
Mijoz biznesida yig‘ilgan baho, izoh va mijozlar bazasi mijozning o‘ziga tegishli. Biz ularni saqlaymiz va ko‘rsatamiz, lekin sotmaymiz va boshqa bizneslarga bermaymiz.
Mijoz o‘z ma’lumotini panel orqali istalgan vaqtda yuklab olishi mumkin. Shartnoma tugaganda ma’lumotni olib qolish uchun 30 kun vaqt beramiz; shundan so‘ng so‘rov bo‘yicha o‘chiramiz.
Mehmonlar o‘zlari haqidagi ma’lumotni so‘rash, tuzatish yoki o‘chirish huquqiga ega. Bunday so‘rov kelganda mijoz bizga yordam berishga, biz esa 30 kun ichida bajarishga majburmiz. Batafsil: Maxfiylik siyosati, 8-bo‘lim.
11. Intellektual mulk
Fikr nomi, logotipi, dizayni va dasturiy kodi bizga tegishli. Mijozga xizmatdan foydalanish uchun cheklangan, qayta sotib bo‘lmaydigan huquq beriladi.
Mijoz biznesida yig‘ilgan baho va izohlar mijozga tegishli. Biz ularni faqat shaxsni aniqlab bo‘lmaydigan, umumlashtirilgan statistika sifatida ishlatishimiz mumkin.
12. Shartlarning o‘zgarishi va qo‘llaniladigan huquq
Shartlar o‘zgarsa, yangi tahrir sanasi shu sahifada ko‘rsatiladi va muhim o‘zgarishlar haqida mijozlarga xabar beramiz.
Bu shartlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi qo‘llaniladi. Kelishmovchiliklar avval muzokara yo‘li bilan, kelishib bo‘lmasa O‘zbekiston sudlari orqali hal qilinadi.
Shartlar bo‘yicha savol
Shartnoma yoki shartlar bo‘yicha savolni Telegram @go0fy yoki +998 93 756 07 46 raqamiga yuboring.